منتدى تركمان سورية .... من أجل تركمان َموحد....
هل تريد التفاعل مع هذه المساهمة؟ كل ما عليك هو إنشاء حساب جديد ببضع خطوات أو تسجيل الدخول للمتابعة.

Turkmaniston Prezidenti O‘zbekistonga keldi

اذهب الى الأسفل

Turkmaniston Prezidenti O‘zbekistonga keldi Empty Turkmaniston Prezidenti O‘zbekistonga keldi

مُساهمة من طرف lonely wolf الأربعاء فبراير 25, 2009 3:39 pm


Turkmaniston Prezidenti O‘zbekistonga keldi

25.02.2009 09:06

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 24 fevral kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Toshkent aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.Mirziyoyev kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyiga tashrif buyurdilar. Bu yerda o‘zbek va turkman san’atkorlari ishtirokida katta konsert namoyish etildi.
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlar yangi an’analar bilan boyimoqda. Prezident Islom Karimovning 2007 yil oktabr oyida Turkmanistonga davlat tashrifi asnosida Ashxoboddagi “Ruhiyat” saroyida o‘zbek va turkman san’at namoyandalarining katta konserti namoyish qilingan edi.
Prezident Islom Karimovning o‘sha tashrifi chog‘ida 2008-2010 yillarda madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi qabul qilingan edi.
Bunday bayramona tadbirlarning oliy darajadagi tashrif kunlari o‘tkazilishi ikki mamlakat rahbariyati madaniyat va san’at arboblarining aloqalarini rivojlantirishga yuksak e’tiboridan yana bir dalolatdir.
“Turkiston” saroyida namoyish qilingan konsert tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. San’atkorlarning har bir chiqishi olqishlar bilan qarshi olindi. Bu madaniy hamkorlik bobida erishilgan yana bir yorqin muvaffaqiyat, ikki mamlakat san’atkorlariga yangi ilhom baxsh etadigan va ularni yanada yaqin hamkorlikka undaydigan yutuqlardandir.




http://mfa.uz/uzb/matbuot_va_media_servis/yangiliklar/250209u_2.mgr
lonely wolf
lonely wolf
Binbaşı

عدد الرسائل : 1156
العمر : 41
العائلة التركمانية : oğuz Salur
تاريخ التسجيل : 15/03/2008

الرجوع الى أعلى الصفحة اذهب الى الأسفل

الرجوع الى أعلى الصفحة


 
صلاحيات هذا المنتدى:
لاتستطيع الرد على المواضيع في هذا المنتدى